ISLOM DINI MANBALARIDA YOSHLAR TARBIYASI MASALALARI
Norqulov Sardor Nodir o‘g‘li
Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand Filiali Kompyuter Injiniringi 104-guruh talabasi
Annotatsiya. Maqolada Islom dinining paydo bo’lishi va uning ta’limoti yoritilgan.Bundan tashqari Islom ta’limoti, Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati, Islom arkonlari haqida tushunchalar izohlangan. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasida islom dinining o’rni, ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Islom, itoat, bo’ysunish, sulh, Qur’oni Karim, Kalimai shahodat, haj
Shariatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasini qachondan boshlash kerak degan savolga oila qurishdan oldin, ya'ni onasini (yoki otasini) tanlashdan avval deb javob beriladi. Ulamolarimiz ta’kidlab aytishadiki, farzand hali dunyoga kelmay turib, uning kimlar orqali dunyoga kelishi mumkinligiga e'tibor berishni aytishadi. Bo‘lg‘usi ona yoki ota tug‘ilajak farzand tarbiyasining zohiriy asoschilaridir. Chunki farzand tug‘ilganida uning tabiati sof holda tug‘iladi va qaysi muhitda tarbiya ko‘rib, o‘sib o‘lg‘aysa, o‘sha muhitdan ta'sirlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir tug‘ilgan go‘dak Islom fitratida (ya'ni sof tabiatda) tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”, – deb marhamat qilganlar. Agar ota-ona diyonatli bo‘lsa, farzandini ham diyonatlik qilib tarbiyalaydi. Ko‘p jihatdan farzandning tarbiyasida onalarning ta'siri katta bo‘ladi. Bo‘lajak ona ham o‘z farzandining bo‘lajak otasini tanlashi lozim. Bunda ham bo‘lg‘usi otaning dinu diyonati, axloq va odobiga qaraladi. Ibn Moja Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilib, quyidagi hadisni keltiradilar: “Ayollarga ularning chiroyi uchungina uylanmang, ularning chiroyi halokatga ketkazishi mumkin, molu davlatlari uchun ham uylanmang, balki shu molu davlatlari tug‘yonga solishi mumkin, lekin dindorlariga uylaninglar, albatta, qora cho‘ri bo‘lsa ham dindorlari afzal”.
Kishi o‘z farzandlarini ularning go‘daklik chog‘laridan boshlab tarbiyalashi, odob berishi lozim. Ma'lum yoshga yetgach, ba'zi narsalarni bolaga qabul qildirish qiyin bo‘ladi. Oila boshlig‘i oila a'zolarining ba'zi ayblarini kechirishi, ularni qo‘rqitib tarbiyalashdan ko‘ra kechirib yuborish yo‘li bilan tarbiyalashi kerak bo‘ladi.Alloh taolo ota-onalarga qarata xitob qilib: “Ey, imon keltirganlar! O‘zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz”[1], deydi. Binobarin, Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Har biringiz mutasaddidir va har biringiz qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Imom mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Erkak o‘z oilasida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Ayol erining uyida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir. Xodim o‘z xojasining mol-mulkida mutasaddidir va qo‘l ostidagilari uchun mas'uldir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.Yuqoridagi oyat va hadisda, har bir shaxsning jamiyat oldidagi mas'uliyati, har bir erkakning o‘z ahli ayoli oldidagi mas'uliyati, har bir ayolning o‘z erining xonadonidagi mas'uliyati va barcha insonlarning boshqa kishilar oldidagi mas'uliyatini bayon qilib berdi.Go‘zal xulq insondagi barcha fazilatlarning eng oliy va afzalidir. Chunki odob va go‘zal axloq egasi bo‘lgan kishilardan doimo yaxshilik kutiladi. O‘ziga, oilasiga, jamiyatiga va butun atrof-muhitga undan faqat manfaat yetadi.
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.
Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo bo’ldi. Bu orol arab tilida “Jazirat al-Arab”, ya’ni arablarning yarim oroli degan ma’noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar “Arabiston” deb ataydilar.
“Islom” so’zi quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Itoat va bo’ysunish.
2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish.
3. Sulh va omonlik.
Islom-Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg’ambarlarga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi. Islomning paydo bo’lishi VI asr oxiri-VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan bevosita bog’liqdir. Xo’sh, bu ijtimoiy-iqtisodiy ahvol nimalarda o’z ifodasini topgan edi?Avvalo, arablarning katta-kichik qabila va urug’larga bo’linib ketganligida. Bunday bo’linish-ular o’rtasidagi doimiy o’zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina vayronalik keltirmoqda edi, xolos.
Ikkinchidan, qo’shni davlatlar - Vizantiya imperiyasi, Sosoniy Eroni va Habashiston Arabiston yarim orolida siyosiy birlikning yo’qligidan foydalanib, doimiy ravishda bu o’lkaga hujum qilardilar, arablarni asoratga solardilar. Shunday qilib, VII asrda arablar yagona davlat barpo etishini davr ham taqozo etmoqda edi. Siyosiy jihatdan birlashish, ya’ni yagona Arab davlatini vujudga keltirish-xalqning kuchini tashqi bosqinchilarga qarshi kurash uchun birlashtirish hamda o’zaro ichki urushlarga barham berish vazifasini hal etish lozim edi. Bunday siyosiy birlashuv u davrda faqatgina yakka xudolik dini orqaligina, yagona xudo shiori istidagina amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. VI asrda Arabistonda ko’p xudolik dinlari mavjud edi.
Ayni paytda, shuni alohida ta’kidlash joizki, ko’p xudolik vujudga kelayotgan va asta- sekin o’ziga taraqqiyot yo’lini ochib borayotgan yangi tuzum-feodal jamiyatning ijtimoiy va siyosiy talablariga ham muvofiq kelmas edi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillar Islom vujudga kelishining obektiv shart-sharoitlarini tashkil etadi.
Islomning paydo bo’lishiga muayyan g’oyaviy muhit-birinchidan, arablar milliy ongining uyg’onganligi, ikkinchidan, haniflar (chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Haniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi ham edi. Hanifiylikning markaziy g’oyasini-yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig’inishdan voz kechish tashkil etardi. Hanifiylar o’z targ’ibotlarida arablarni “og’ir ahvoldan qutqaruvchi xaloskor”ning yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabrsizlik bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar. Ular har narsani yagona xudoning qudrati, uning marhamati yoki g’azabi bilan bog’lar edilar.Ijtimoiy adolatsizlikdan, chet el bosqinchilari, quldorlarning asoratidan bezor bo’lgan qullarning, og’ir ahvolda yashagan arab ommasining qalbida “yagona Allohning adolati”, “Xaloskorning kelishi”, “Dunyoning oxiri” haqidagi targ’ibotlar muayyan tuyg’u, unga ishonish hislarini uyg’otgan. Milodning VI asrida Arabiston yarim orolida hukm surgan davlatlar qulagach, mazkur karvon yo’lining markazida joylashgan Makka Arabiston shaharlarining eng yirigi va ahamiyatlisi bo’lib qolgan. U deyarli hamma tomoni darali tog’lar bilan o’ralgan vodiyda joylashgan. Shuning uchun ham bu yerda hech qachon shahar atrofiga devor qurish zaruratu bo’lmagan. U yerdagi Alloh qudrati bilan yaratilgan deb hisoblanuvchi Zamzam qudug’i, Ka’ba bora-bora Makkani arablarning muqaddas joyiga aylantirgan, uning shuhratini orttirgan. Makkada hech qanday arxeologik ishlar olib borilmagani uchun uning yoshini aniqlashning iloji bo’lmagan. V- VI asrlarda Arabiston yarim orolidagi davlatlar (G’assoniylar, Lahmiylar, Kinda va Himyor) inqirozga yuz tutganligi, so’ngra umuman tarix sahifasidan yo’qolib ketganligi Makkaga qo’l kelgan. Arabistonga qo’shni buyuk davlatlar - Vizantiya va Eronning yarim orol janubi va shimolida o’z hukmini o’rnatgani ham Makka foydasiga hizmat qilgan. Bu davrda Makkada quraysh qabilasi hukmronlik qilardi. Butun quraysh urug’larining hurmat-e’tiborini qozongan shaxs Hoshim edi. Bu hurmat-e’tiborga u oddiy xalqqa, yo’qsillarga xayr-ehson qilish, qurbonlikka mollar so’yib ularni boqish hisobiga erishgan edi.
Islom ta’limoti.
Qur’oni Karimda 25 gayg’ambarning nomi zikr etilgan. Diniy ta;limotga ko’ra hech kim payg’ambarlikka o’z bilimi, o’qib o’rganishi, yoki niyati bilan erisha olmaydi. Paeg’ambarlik- olloh o’zi suygan bandasiga in’om etilaligan ehsondir
Muhammad ibn iAbdulloh 570-yilda Makkaning quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tavallud topdi. Otasi Abdulloh Muhammad tug’ilmasidan 2 oy oldin 25 yoshida vafot etgan.
Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islom ta’limotining asosini iymon , iislom vaehson tashkil etadi.iymon 7 aqidaga asoslanadi. Bular:
1) Ollohga; 2) Farishtalarga; 3) Muqaddas kitoblarga; 4)Payg’ambarlarga; 5) Oxiratga; 6)Taqdirga;7) O’lgandan keyin tirilishga ishonishdir. Barcha 7 aqida to’laligicha imoni mufassal deb ataladi.
Shuningdek islomda “Islom arkonlari” degan tushuncha ham mavjud. U 5 ta asosiy narsani- diniy marosim talablarini o’z ichiga oladi. Bular:
1. Kalimai shahodat
2. Namoz o’qish
3. Ro’za tutish
4. Zakot berish
5. Haj qilish
Bu 5 ta asosiy farzlardan tashqari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlar ham mavjud.
Boshqa dinlarda bo’lganidek islomda ham diniy bayramlar mavjud. Bularning asosiylari-Ro’za hayiti, qurbon hayiti va Movlud ( Muhammad payg’ambar tug’ilgan kun)dir.
Ramazon islom olamida muqaddas oylardan sanaladi. Zikr qilinishicha Hadisi sharifda bu haqda “ Bu ummatim oyi , bunda yuz bergan gunohlar kechiriladi ” deyiladi
Ramazon haiti hijriy oylarning uchinchisi hisoblanmish shavval oyining birinchi kuni nishonlanadi . ramazon oyida 30 kun ro’za tutgan musulmonlar zimmalariga yuklatilgan farz amalini sog’ salolmat ado etib tugatganliklarimunosabati bilan xursandchilik izhor etish demakdir.
Qurbon haiti zulhilla oyining 10-kuni nishonlanadi. Bu kunda qurbonlik qilinadi. Qurbonlikollohga yaqin bo/lish uchun uning yo’lida qurbonlik kunlari biror jonliq so’yishdir. “ Bu nomning atalish sababi Ibrohim alayhyssalomning Ollohning fmri bilan o’g’illari Ismoilni qurbonlik qilishga kirishgan paytda, Tangri bir qo’chqor yuborib o’g’li o’rniga uni qurbonlik qilishga buyurgan”,- deyiladi. Bu haqda qur’onda ham aniq xabarlar berilgan. Shu bois hajga borganlar , boy-badavlat musulmonlar zimmasiga qurbon hayiti kunlari jonliq so’yib qurbonlik qilish vojib qilingan.
Adabiyotlar:
1. Imom al-Buxoriy. Al-Jomi as-Sahih: IV jild. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991- 1993.
2. Islom ma’rifati. Toshkent, «Islom universiteti», 2005 yil.
3. Qur’oni Karim. (A. Mansur tarjimasi). Toshkent, 1992 yil.