Maqola haqida ma`lumotlar
  • Ko'rilgan: 802 marta
  • Mualllif: Dildora
  • Kiritilgan vaqti: 9-12-2019, 09:12
9-12-2019, 09:12

Dars ishlanma Meliyeva Yulduz

Kategoriya: O'quvchilar uchun

Darsning mavzusi:”Hurishni eplolmagan kuchukcha “ertagi
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarni asar mazmuni bilan tanishtirish, asar g’oyasi haqida bahs yuritish;
b)tarbiyaviy:asar bilan tanishish barobarida o’quvchilar qalbida insoniylik,ona vatanga muhabbat tuyg’ularini shakllantirish;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning og’zaki nutq malakalarini rivojlantirish , mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, badiiy asarlar o’qishga qiziqtirish ;
Dars turi:yangi bilim beruvchi .
Darsda foydalaniladigan usullar:
“Yaxshi tilak “ ,”Bir-birisin taqozo etib”,”Men topdim “,savol –javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar:darslik,tarqatmalar,rasmlar,adib portreti
Shakllantiriladigan kompentensiyalar :axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish ,ijtimoiy faol fuqorolik ,milliy va umummadaniy , matematik savodxonlik,adabiy – nutqiy, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalari .
Darsning shiori: Barkamol avlod bo’lib,
Elyurtga xizmat qilish.
Kitobni e’zoz aylab,
Vatanni yuksaltirish.


Darsning borishi:
Dars ”Yaxshi tilaklar” usulini o’tkazish bilan boshlanadi.Bunda o’quvchilar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradilar.
III. Shundan so’ng “Bir-birisin taqozo etib” usuli qo’llaniladi.Bu usulni bajarishda o’quvchilar o’tilgan mavzularni ham yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
1-savol.” Bilimsizlik pand beradi” iborasini kimning qaysi asariga qo’llashimiz mumkin?
2-savol .”Sariq devni minib” asarini asosiy g’oyasi nima?
3-savol.Asar necha tilga tarjima qilinadi?
4-savol.”Bolaligi olov jizillab turadigan tandir yonida ,un va ko’mir solingan qoplar orasida” kechgan adib kim?
5-savol.Jonni Radarinning asarlarini sanab bering.
6-savol. Adib qanday mukofot sohibi bo’ladi?
7-savol. Ertaklardagi afsonaviy, o’ylab topilgan voqealar zamirida qanday sehrli kuch bor?
8-savol.” Ertaklar-xayolat mahsuli” deganda nimani tushunasiz?
Yangi mavzu bayoni
“ Hurushni eplolmaydigan kuchukcha” ertagida tasvirlanishicha, bir kuchukcha aslida hurush lozimligini eshitgani holda, uning qanday bo’lishni tasavvur qila olmaydi. Qolaversa, o’zining qaysi zotga mansubligi, nima bilan shug’ullanishi lozimligini uzoq vaqt anglay olmay sarson bo’ladi. Kimdir unga: “Kuchuk degani huradi-ku”-,deb ta’na qilganda, yordam so’rab xo’rozga, kakkuga, sigirga murojaat qiladi. Biroq ular o’z tabiatlariga ko’ra nimaga qodir bo’lsalar, kuchukchaga shuni o’rgatadilar, kuchukcha ular yordamida xo’rozday qichqirishni, kakkuday sayrashni, sigirday mo’rashni o’rganib oladi, o’zicha bu hunarlar orqali mashhurlik darajasini egallayman, deb xomxayollarga beriladi. Kuchukcha dehqonning qo’liga tushadi, uning hurmasligi evaziga bo’yning zanjir osishadi, har kungi nasibasi bir parcha suyak bo’ladi. Nihoyat, kuchukcha ovchi itning ko’magi bilan o’z mashg’ulotini “vovullash”ni tushunib yetadi va vovillab rohatlanadi. Tabiyat va jamiyatda hamma narsaning o’z o’rni bo’lishi lozim. Dunyodagi har bir mavjudot, ayniqsa, avvalo, inson o’zini, o’zligini tanimaguncha, kimning avlodi, asosiy vazifasi nimadan iborat ekanini anglamagunga qadar hayotda o’z o’rnini hech qachon topa olmaydi. Bunday kimsalarning o’zgalar kulgusi va mazaxiga duchor bo’lishi aniqdir. Demak, har bir odamning , har bir xalqning, avvalo, o’z tabiatiga sodiq bo’lmog’i, ajdodlar an’analarini teran anglab yetmog’i, ularni bir narsaga chalg’imay davom ettirmog’igina uning o’zligini tanishiga garov bo’la oladi. Jonni Rodari siz bilan bizni ana shu haqiqatni unutmaslikka chaqiradi. Ertakdan kelib chiqadigan eng muhum xulosaning ma’nosi ham, asarning tarbiyaviy ahamiyati ham aynan shunda.
V Mustahkamlash .
“Men topdim” usuli
1.Aziz o’quvchilar, asar haqida kim qanday fikr bildiradi?
2.Ertakning uchinchi yakunida kuchukchani suyunishini tushuntiring.
3.Nima uchun adibning o’zi ushbu ertakning uchinchi yakunini yoqlaydi?
4.Ertakning to’rtinchi tugashini uyda o’zingiz o’ylab toping-chi?
O’qituvchi: Har tong porloq orzular sari ishga,o’qishga otlanamiz.Qani ayting-chi bolalar inson uchun bundan ortiq baxt bormi dunyoda? Biz hozir o’z ona tilimizdan tashqari chet tillarni ham mukammal o’rganmoqdamiz.Mustaqil diyorimiz, kelajagimiz va baxtimizni yashayotgan ona xalqimizga ko’z tegmasin!Hamisha shu so’zlar bizning tilimizda,dilimizda muhirlanib qolsin.
VI Uyga vazifa. “Mening bolalik xotiralarim” mavzusida ijodiy matin tuzish dle
Marhamat ro'yxatdan o'ting yoki saytga kirishni bajaring.