Mavzu :“MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish”
Dars taqsimoti :
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O`tgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
3. O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash 6 daqiqa
6. Darsning yakuni.Uyga vazifa berish va baholash 4 daqiqa
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: “MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish”
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuniqisqachata’rifi: O’tilganmavzunimustahkamlash, MSExcelyordamidaba’zimasalalarniyechishmavzusiyuzasidantushunchaberish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Guruhlash metodi
Shakl: jamoa va kichik guruhlar bilan ishlash
Jihoz: darslik, doska va bo’r, tarqatma materiallar
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish
Baholash: o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
Darsning maqsadlari
Ta’limiy: MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish mavzusida yangi bilimlarni egallash, hamdada misollar bilan mustahkamlash
Tarbiyaviy: mavzuni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning hozirjavoblik, zukkolik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: mustaqil topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Tayanch kompetensiya: TK1, FK2, axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi
Kutilayotgan natija
O’qituvchidan:
Mavzuningbarchao’quvchilartomonidano’zlashtirilishigaerishish, o’quvchilarningkompyuterqurilmalarihaqidagitushunchalarinio’zlashtirishgadarsgao’quvchilarningfaolqatnashishigaerishish
O’quvchilardan:
Chiroyli, to’g’ri, xatosizyozishgao’rganadi. Turli mashqlar yordamida Ms Excel dasturini o’rganish malakalari takomillashadi
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt
1 – bosqich
Tashkiliy qism Salomlashish.O`quvchilarni darsga tayyorlab olish. Navbatchi hisoboti. She’rlar va maqollar aytish.
Savol – javob , suhbat , ko`rgazmalilik .
3 daqiqa
2 – bosqich
O`tgan mavzuni so`rash O`tilgan mavzu: ,,Statistik funksiyalar“ mavzusini so`rash va nazorat qilish. Daftar va kitoblarni ko’rib chiqish. O`quvchilarni 4 guruhga bo`lish .
Savol – javob , suhbat .
5 daqiqa
3 – bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash . O`tilgan mavzuni ,, Qarmoq “ , ,,Pochtachi “ o`yinlari orqali mustahkamlash . Didaktik o`yin , musobaqa .
5 daqiqa
4 – bosqich
Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu: “MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish”. Mavzu yuzasidan tushuntirish;
Darslikda 1-va 2-mashqlarni tushuntirish va
Guruhlar bilan birgalikda bajarish
Tushuntirish, ko`rgazmalilik , musobaqa, o`yin .
20 daqiqa
5 – bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metod va texnologiyalardan foydalanish
“Zinama-zina” didaktik o`yini
7 daqiqa
6 – bosqich
Dars yakuni Uyga vazifa 3-mashq. Uy ishini tushuntirish. Guruh ishini, darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash.
Tushuntirish , nazorat
5 daqiqa
Darsning borishi:
1-bosqich. Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga tayyorlab olish :
Salomlashish.Sinf tozaligini ko`zdan kechirish
O`qituvchi : Darsimiz qaysi dars ?
O`quvchilar : Informatika darsi.
O`qituvchi : Hamma darsga tayyormi ?
O`quvchilar : Tayyormiz.
O`quvchilar yaqinlashib kelayotgan davlat ramzlari bayroq va konstitutsiyamiz qachon qabul qilinganligi haqida ma’lumotlarni aytib o`tadilar.
Navbatchi hisoboti tinglanadi :
Bugun darsimizda 31 ta o`quvchi qatnashyapti. Shulardan 15 tasi qizlardir.O’lkamizda kuz faslining so’nggi oyi o’z jozibasini taratmoqda.
Ikkinchi navbatchi:
Sana, oy, yil haqida ma’lumot beradi. sinfimiz toza va ozoda .Gullarimizni yaxshi parvarish qilayapmiz
O`qituvchi : Barakalla,bugun navbatchilarimiz ishiga besh baho qo`yamiz.Ikki
navbatchiga “Eng dono” rasmlari beriladi.
2 – bosqich. O`tgan mavzuni so`rash
O`qituvchi : Qani bolajonlar , o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik ?
O`quvchi : “Statistik funksiyalar” . Uy ishi darslikdagi 2-mashq berilgan edi .
O`qituvchi o`quvchilarni daftarlarida uy ishlarini kim yozib bajarib kelgan kelmaganliklarini bir nazorat qilib chiqadi.
1. MAX- Berilgan sonlarning eng kattasini hisoblaydi
2. MIN- Berilgan sonlarning eng kichigini hisoblaydi
3. CРЗНАЧ- Berilgan sonlarning o’rta arifmetigini hisoblaydi
O’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash uchun savollar
1. Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash
ketma-ketligini tushuntirib bering?
2. Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki
usulda bajaring.
4-bosqich.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar endi sizlar bilan yangi mavzuni o`rganishga kirishamiz.
Yangi mavzu: MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI YECHISH
O`qituvchi : Bolalar, biz siz bilan statistic funksiyalarni o`rganib kelganmiz. Endi statistic funksiya qatnashgan misollarni qaraymiz:
Mavzu: MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI YECHISH.
1-mashq. tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini
toping.
Bajarish:
A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi;
B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi;
B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1;
C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi ko‘chiriladi. Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi:
Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga
izlanayotgan yechimga yetarlicha yaqinlashishimiz mumkin.
2-mashq.
tenglamalar sistemasini yeching.
Yechish. Ushbu tenglamalar sistemasini yechish uchun quyidagi ikkita
grafikni qaraymiz:
Qaralayotgan tenglamalar sistemasi yechimini topish uchun hosil bo‘lgan funksiyalarni ordinatalari teng bo‘lgan x qiymatlari izlanadi:
Grafikdan ko‘rinmoqdaki, x=1 bo‘lganda, y=0 bo‘ladi.
IV. Mustahkamlash.Ko’rgazmali qurollar yordamida o’quvchilarga savollar berib mavzuni mustahkamlayman.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tenglamalarni grafik usulida yechish ketma-ketligini tushuntirib bering.
2. Inson yashagan kunni hisoblovchi jadval yarating.
3. Kvadrat tenglamani yeching.
UYGA VAZIFA
1. Sinf o‘quvchilarini “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini diagramma ko‘rinishida tasvirlang.
2. Bir yillik xarajatlaringizni hisoblovchi jadval yarating.