Bosh sahifa > Maktabimiz haqida > Dars ishlanma Turdiyeva Hojar
Dars ishlanma Turdiyeva Hojar9-12-2019, 09:25. Muallif: Dildora |
Mavzu: So’roq gap (takrorlash, mustahkamlash). Darsning maqsadi: a)o'quvchilarning tez aytish qobiliyatlarini o’stirish; gap tuzishni o’rgatish orqali o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish b)tabiatni kuzatish va asrashga o'rgatish. d)gaplardan ifoda etilgan mazmunni anglab olish Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash. Darsning metodi: muammoli,sinkveyin,assisment Darsning jihozi: tez aytishlar yozilgan tarqatma materiallar,test savollari Darsning borishi: Salom aziz bolalar Ko’zi munchoq gul-lolalar Kunimizni aniqlang Menga hisobot bering Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi 31-avgust 1-oktabr Mustaqillik kuni Ustoz va murrabiylar kuni 21-mart Navro’z bayrami Umumxalq bayramlar 8-dekabr 8-mart Konstitutsiya kuni Xotin-qizlar bayrami 14-yanvar 31-dekabr Vatan himoyachilar kuni Yangi yil 1989 yil 21-oktabr” O’zbek tiliga Davlat maqomi “berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida”O’zbekiston Respublikasining Davlat tili –O’zbek tilidir”. Ota bo’lib otlangan tilim, Ona bo’lib shodlangan tilim, Bola bo’lib yodlangan tilim, Bu mening ona tilim. 18 9 11 2 1 23 17 1 12 8 T I L B A Y R A M I O’quvchilarni 3 guruhga bo’lib olaman .Guruhlar o’z nomlarini ta’rif beradilar. 1- Nutq 2- So’z 3- Matn Har bir guruh rag’batlantirilib boriladi 1.O’tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi va mustahkamlanadi. “Sinkvein”metodidan foydalanamiz SUV QUYOSH YER Nima qiladi? Nima qiladi? Nima qiladi? Qanday? Qanday? Qanday? Gap tuzing Nima qiladi? Gap tuzing Ma’nodosh so’z Ma’nodosh so’z Ma’nodosh so’z 2. Muammoli ish uslubida: ,,0‘yla, izla, top” o’yini. O’qituvchi stolga 15—16 ta maqol, topishmoq, tez aytishlar yozilgan qog’ozchalarni teskari holatda qo’yib qo’yadi. O’quv-chilardan 3 tasini taklif qiladi. 3 ta o’quvchi stol ustidagi qog’oz-chalardan oladi va yozilgan gaplarni o’qiydi hamda ular xalq og’zaki ijodining (maqol, topishmoq, tez aytish) qaysi turiga kirishini aytib beradi. Qaysi o’quvchi tezroq, ko’proq ishlasa, u g’olib sanaladi. ![]() Qo’l-oyoqsiz, chopib tolmas, Suvsiz aslo yashay olmas. (Topishmoq) Mard maydonda sinalar. (Maqol) Hakim xokkey o’ynadimi, Hokim xokkey o’ynadimi? (Tez aytish) G’olib o’quvchi yuqori ball tizimida baholanadi va rag‘batlantiriladi. 3. Husnixat mashqlari shiori: Chiroylidir yozuvim, Ko'rsam kelar havasim. Husnixat uchun material. G'g'. G'oz, g'ildirak, g'aram, g'am, g'anim, G'ijduvon, G'ani, g'altak. Chiroyli, toza, to'g'ri yozish qoidalari eslatiladi. 4. Lug'at ishi. G'aram, g'anim, g'altak so'zlarini tovush-harf tomondan tahlil qilish. G‘aram — uyum, yig'ilgan, to’plangan. 2 bo'g'inli, 5 harf, 5 tovushdan iborat, 2 ta unli, 3 ta jarangli undosh tovushli so'z. G'anim – dushman, ko'ra olmaslik. 2 bo'g'in, 5 harf, 5 to-vush, 2 ta unli, 3 ta jarangli undosh tovushli so'z. G'altak — 2 bo'g'in, 6 harf, 6 tovush; 2 unli, 4 undoshli so'z. 5. Darslik bilan ishlash. 92- mashqdagi tez aytish ifodali o'qiladi va tez aytish mashq qilinadi. Ikki ayiq qayiqqa qaradi, Oq ayiq oldin, qayiqqa qaradimi, Qora ayiq oldin qayiqqa qaradimi? Tez aytish qanday gaplardan tuzilgani aniqlanadi. Gaplar oxiriga kerakli tinish belgisi qo'yib, ko'chirib yoziladi. Dam olish daqiqasi o’tkazish Qani ayting bolalar, Baliq nima qiladi? -Baliq suvda suzadi -Qushlar nima qiladi? -Qushlar parvoz qiladi. -Quyon nima qiladi? -Quyon sakrab yuradi. -Sizlar nima qilasiz? -Bizlar bulim olamiz. ![]() “Assisment”metodi Topishmoqni javobini toping Uchta echki,to’rtta qo’y, Qani,Erkin,sanab ko’r: Nechta quloq,nechta shox Bor ekan-a,aytib boq Muammoli vaziyat 1.Vatan bu- muqaddas dargoh 2.Sen vataningni sevasanmi 3.Yashasin O’zbekiston So’roq gapni aniqlang? Guruhlar bo’yicha gaplar tuzadilar 1-Darak gap 2-So’roq gap 3-Undov gap Test sinovi Sen maktabga bordingmi Bu qanday gap? a)darak gap b)so’roq gap d)undov gap Guruhlarga berilgan baholar jamlanadi,g’olib guruh rag’batlantiriladi. Faol o’quvchilar baholanadilar. 6. Uyga vazifa: 93- mashq. „Kapalak“ matnidagi darak gaplarni so'roq gaplarga aylantirib yozish. Orqaga qaytish |