Darsning maqsadi:
a)o'quvchilarning tez aytish qobiliyatlarini o’stirish; gap tuzishni o’rgatish orqali o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish
b)tabiatni kuzatish va asrashga o'rgatish.
d)gaplardan ifoda etilgan mazmunni anglab olish
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: muammoli,sinkveyin,assisment
Darsning jihozi: tez aytishlar yozilgan tarqatma materiallar,test savollari
Darsning borishi:
Salom aziz bolalar
Ko’zi munchoq gul-lolalar
Kunimizni aniqlang
Menga hisobot bering
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi
31-avgust 1-oktabr
Mustaqillik kuni Ustoz va murrabiylar kuni
21-mart
Navro’z bayrami Umumxalq bayramlar 8-dekabr
8-mart Konstitutsiya kuni
Xotin-qizlar bayrami
14-yanvar 31-dekabr
Vatan himoyachilar kuni Yangi yil
1989 yil 21-oktabr” O’zbek tiliga Davlat maqomi “berildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida”O’zbekiston Respublikasining Davlat tili –O’zbek tilidir”.
Ota bo’lib otlangan tilim,
Ona bo’lib shodlangan tilim,
Bola bo’lib yodlangan tilim,
Bu mening ona tilim.
18 9 11 2 1 23 17 1 12 8
T I L B A Y R A M I
O’quvchilarni 3 guruhga bo’lib olaman .Guruhlar o’z nomlarini ta’rif beradilar.
1- Nutq
2- So’z
3- Matn
Har bir guruh rag’batlantirilib boriladi
1.O’tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi va mustahkamlanadi.
“Sinkvein”metodidan foydalanamiz
SUV QUYOSH YER
Nima qiladi? Nima qiladi? Nima qiladi?
Qanday? Qanday? Qanday?
Gap tuzing Nima qiladi? Gap tuzing
Ma’nodosh so’z Ma’nodosh so’z Ma’nodosh so’z
2. Muammoli ish uslubida: ,,0‘yla, izla, top” o’yini.
O’qituvchi stolga 15—16 ta maqol, topishmoq, tez aytishlar yozilgan qog’ozchalarni teskari holatda qo’yib qo’yadi. O’quv-chilardan 3 tasini taklif qiladi. 3 ta o’quvchi stol ustidagi qog’oz-chalardan oladi va yozilgan gaplarni o’qiydi hamda ular xalq og’zaki ijodining (maqol, topishmoq, tez aytish) qaysi turiga kirishini aytib beradi. Qaysi o’quvchi tezroq, ko’proq ishlasa, u g’olib sanaladi.

Qo’l-oyoqsiz, chopib tolmas,
Suvsiz aslo yashay olmas. (Topishmoq)
Mard maydonda sinalar. (Maqol)
Hakim xokkey o’ynadimi,
Hokim xokkey o’ynadimi? (Tez aytish)
G’olib o’quvchi yuqori ball tizimida baholanadi va rag‘batlantiriladi.
3. Husnixat mashqlari shiori:
Chiroylidir yozuvim,
Ko'rsam kelar havasim.
Husnixat uchun material.
G'g'. G'oz, g'ildirak, g'aram, g'am, g'anim, G'ijduvon, G'ani, g'altak.
Chiroyli, toza, to'g'ri yozish qoidalari eslatiladi.
4. Lug'at ishi. G'aram, g'anim, g'altak so'zlarini tovush-harf tomondan tahlil qilish.
G‘aram — uyum, yig'ilgan, to’plangan. 2 bo'g'inli, 5 harf, 5 tovushdan iborat, 2 ta unli, 3 ta jarangli undosh tovushli so'z.
G'anim – dushman, ko'ra olmaslik. 2 bo'g'in, 5 harf, 5 to-vush, 2 ta unli, 3 ta jarangli undosh tovushli so'z.
G'altak — 2 bo'g'in, 6 harf, 6 tovush; 2 unli, 4 undoshli so'z.
5. Darslik bilan ishlash. 92- mashqdagi tez aytish ifodali o'qiladi va tez aytish mashq qilinadi.
Ikki ayiq qayiqqa qaradi,
Oq ayiq oldin, qayiqqa qaradimi,
Qora ayiq oldin qayiqqa qaradimi?
Tez aytish qanday gaplardan tuzilgani aniqlanadi. Gaplar oxiriga kerakli tinish belgisi qo'yib, ko'chirib yoziladi.
Dam olish daqiqasi o’tkazish
Qani ayting bolalar,
Baliq nima qiladi?
-Baliq suvda suzadi
-Qushlar nima qiladi?
-Qushlar parvoz qiladi.
-Quyon nima qiladi?
-Quyon sakrab yuradi.
-Sizlar nima qilasiz?
-Bizlar bulim olamiz.

“Assisment”metodi
Topishmoqni javobini toping
Uchta echki,to’rtta qo’y,
Qani,Erkin,sanab ko’r:
Nechta quloq,nechta shox
Bor ekan-a,aytib boq Muammoli vaziyat
1.Vatan bu- muqaddas dargoh
2.Sen vataningni sevasanmi
3.Yashasin O’zbekiston
So’roq gapni aniqlang?
Guruhlar bo’yicha gaplar tuzadilar
1-Darak gap
2-So’roq gap
3-Undov gap Test sinovi
Sen maktabga bordingmi
Bu qanday gap?
a)darak gap
b)so’roq gap
d)undov gap
Guruhlarga berilgan baholar jamlanadi,g’olib guruh rag’batlantiriladi.
Faol o’quvchilar baholanadilar.
6. Uyga vazifa: 93- mashq. „Kapalak“ matnidagi darak gaplarni so'roq gaplarga aylantirib yozish.