Hayot go’zal
Hayot sim-sim davom etmoqda,
Kimga omad ,saodat kulib boqmoqda.
O’n besh kun yorug’i un besh qorong’i,
Har qadam insonni sinab o’tmoqda
Yug’iga fikr qil ,boriga shukur
Bo’lmagin hayotda do’stim noshukur,
Xatlab o’tmoqdadir pastu- baland ham
Shukur qil boshinga tushmasin hech g’am
Ison qalbi nozik yetkazma ozor
Yillab uzing ko’rsat bo’lgin beozor
Faqat pul topish deb bilma umringni
Savobli ishlarga cho’zgin qo’lingni
Besuyak bu tildan chiqar har xil so’z
O’z obro’ing baland qilib, qilmagin ko’z-ko’z
Yoshing o’tib ketar bo’lganda ota
Qilgan har ishingdan chekmagin afsus
Yashab o’tgan yurtingda o’z o’rining bo’lsin
Senga havas qilguvchi shogirding bo’lsin
Nomingni sen emas , shogirdlar erta
Faxr bilan eslab , qalblari to’lsin
Armonli sher
Qor ham erib bahor ham keldi,
Kimningdir xovlisi quvonchga to’ldi
Tilab olgan o’g’ling Muzaffarjon ham
Dada – dadajon deb oyoqqa kirdi.
Xovlining to’rida bolang o’ynaydi
Bolangni erkalab onam yig’laydi
Qani yolg’on dunyo qaytib kelsaydi
Ukam farzandlarin to’yib ko’rsaydi
Sen jon bergan joylardan
Qon- qon yig’lab o’tayapman
Qizing dadam kim desa
Tilim ichga yutyapman
Yozilganda dasturxon kelganda aziz mehmon
Yo’llaringa termulib kelishingni kutyapman
Xotira kunida seni esladim
Qabring ichra borib yig’ladim
Qabring uzra qo’yganimda bosh
Mayus boshin egib turar marmar tosh
U dunyoni tinch bilibsan mayli tinch yotgin
Umirginang qolganini bolanga tila
Rux bo’lsangda farzandlaring boshini sila
Lekin ukam opaginang armonda qoldi
Qon-qon yig’lab qalamini qo’lga oldi
Jomboy tuman 7-maktab deriktori Hamdamova Maloxat