Mavzu: AXBOROTLARNI KODLASH USULLARI
O’quv maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar berish, amaliy mashg’ulot yordamida mustaqil o’rganishni tashkil etish, axborotlarni kodlash usullari yuzasidan bilim, ko’nikmalar berish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni aniqlikda, tashkilotchilikda va mustaqillikda tarbiyalash, O’zaro hurmat o’quvchilar qoidasiga rioya qilishga o’rgatish
Rivojlantiruvchi maqsad: Kompyuterning amaliy dasturlarida yaxshi ishlash, ma’lumot kiritish va ularni qayta ishlash, undan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish, dunyoqarashini kengaytirish, o’quvchilarning mustaqil bilim olishi, olingan bilim va ko’nikmalarni yanada chuqurlashtirish va keying ish jarayonida qo’llay olish, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
I. Asosiy shakli va turi:
Uslub: Mustahkamlash darsi
Vositalar: Kompyuter, rasm va ko’rgazmalar
Usullar: slayd, videoproyektor, elektron darsliklar
Baholash mezoni: rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida
Tayanch kompetensiya: axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiya: Kognitiv (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash) kompetensiyalari
II. O’quv manbalari: darslik,
1) Internet resurs: www.uzedu.uz, www.ziyonet.uz, www.bilim.uz, www.edunet.uz, www.urok.ru
2) Electron resurslar: multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari
III. Mavzu bayoni:
Qadimda axborotlarni kodlash
Hayotda axborotni kodlashning ko‘pdan ko‘p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo‘llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o‘ylab topgan. Kodlashning bu usuli o‘rin almashtirish usulideb ataladi.

Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usulideyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.
Kodlash usullari
Semyuel Morze 1837yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgiyordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi)